Jamiyat | 17:02 / 25.01.2016
10471
1 daqiqa o‘qiladi
Kattaqo‘rg‘onda noqonuniy diniy oqim targ‘ibotchilari faoliyatiga chek qo‘yildi
Kattaqo‘rg‘on shahar sudining ochiq majlisida ushbu shaharda istiqomat qiluvchi ayollar, noqonuniy diniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan Galina Podtixova va Nilufar Bo‘latovalarning ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Samarkandskiy vestnik” nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, 2015 yilning 22 iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida targ‘ibot varaqalarini tarqatish chog‘ida ular huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Ularning yonidan topilgan TF CARD planshet xotirasidan diniy mavzudagi materiallar topilgan.
Podtixova va Bo‘latovalar sud qarori bilan eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdorida jarimaga tortildi.