Jamiyat | 12:20 / 25.01.2016
5538
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda bolasini qor uyumiga otib yuborgan erkak odamlarning noroziligini keltirib chiqardi

Qozog‘istonda bolasini qor uyumiga otib yuborgan erkak ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining noroziligini keltirib chiqardi.

“Dada bilan birga har doim quvonchli” nomli videorolik Instagram’dagi ZTB sahifasida chop etilgan edi. Unda bir erkak bolasini qor uyumiga uloqtirgani aks etgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining fikricha, agarda qor ichida shox-shabbalar qolib ketganida, bu bolaga jiddiy zarar keltirishi mumkin edi. Shu bois ular mas'uliyatsiz otaga noroziliklarini bildirib o‘tishdi.

 

Video opublikovano @briefvideoYanv 23 2016 v 8:38 PST