Sport | 18:50 / 26.01.2016
6895
1 daqiqa o‘qiladi
FIFA prezidentligi uchun besh nafar nomzod ro‘yxatga olindi
FIFA prezidentligi uchun 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda nomzod sifatida ishtirok etadigan besh nafar nomzod nomi bugun rasman tasdiqlandi.
FIFA rahbari lavozimiga hozirga kelib Iordaniya shahzodasi Ali bin al-Husayn, OFK prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa, FIFA sobiq Bosh kotibi Jyerom Shampan, UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino va janubiy afrikalik tadbirkor Tokio Sevale da'vogarlik qilishmoqda.
Prezident yashirin ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun 2/3 ovoz olish kerak bo‘ladi. So‘nggi turda esa g‘alaba qozonish uchun 50 foiz va yana bir dona ovoz kifoya qiladi. FIFA prezidenti to‘rt yil muddatga saylanadi.