O‘zbekiston | 18:59 / 26.01.2016
6728
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida havo haroratining iliqligi bo‘yicha 53 yillik rekord yangilandi

Toshkent shahrida 25 yanvar, dushanba kuni havo harorati +17,2 darajagacha ko‘tarilib, 1963 yilda qayd qilingan eng yuqori harorat bo‘yicha rekordni yangiladi. Bu haqda Gidrometeoroligya xizmati markazi xabar tarqatdi.

Manbada ko‘rsatib o‘tilishicha, 2016 yilning 25 yanvar kuni Toshkent shahrida o‘rtacha havo harorati +10,6 darajani tashkil etgan. Kunduzi eng yuqori harorat +17,2 darajagacha yetgan.

Toshkentda 25 yanvar tarixidagi bu darajadagi eng issiq harorati oxirgi marta 1963 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda havo harorati +16,3 darajagacha ko‘tarilgandi.