O‘zbekiston | 17:49 / 27.01.2016
35090
1 daqiqa o‘qiladi
Sinoptik O‘zbekistonda eng sovuq ob-havo qachon kuzatilganini aytdi
Oxirgi 50 yil davomida O‘zbekistondagi eng qahraton qish 1968-1969 yillarda kuzatilgan. Bu haqda O‘zgidromet gidrometta'minot xizmati bosh sinoptigi Irina Zaytseva uz24.uz saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“O‘sha qish sovuq havo ikki oydan ortiq davom etdi, Toshkentda ob-havo minus 20-23 darajagacha tushdi, - ta'kidladi mutaxassis. – Kuzatuv tarixi mobaynida esa Toshkentdagi eng sovuq havo esa minus 28 darajani tashkil qilgan, lekin bu 100 yil oldin bo‘lgan edi”.
“Oxirgi yillar davomidagi eng sovuq va uzun qish 2007-2008 yillarga to‘g‘ri keldi, - so‘zida davom etdi Zaytseva. – Sovuq havo pallasi dekabr oxiridan fevral o‘rtalariga qadar davom etdi. Toshkentda havo harorati minus 17 darajagacha tushib ketdi”.