Jamiyat | 13:08 / 27.01.2016
4904
1 daqiqa o‘qiladi
Turkmanistonlik o‘quvchilar o‘z hisoblaridan konsert va spektakllarga borishi majburiy qilib qo‘yildi
Turkmanistonlik o‘quvchilar va talabalar majburiy ravishda o‘z hisoblaridan madaniyat uylaridagi konsert va spektakllarga borishi belgilab qo‘yildi. Bu haqda “Turkmaniston solnomasi” nashri xabar bermoqda.
O‘quvchilar o‘qituvchilar nazorati asosida majburiy ravishda bunday tadbirlarga borishi madaniyat uylarining xo‘jalik yuritish tartibiga o‘tkazilgani bilan tushuntiriladi. Kirish chiptasining narxi 1 manatni tashkil qiladi.
Ilgari madaniyat uylari madaniyat vazirligi qaramog‘ida bo‘lib, davlat byudjyetidan moliyalashtirilar edi. 2016 yilning 1 yanvaridan e'tiboran mablag‘ tejash maqsadida hukumat ularni moliyalashtirishni to‘xtatdi.