Jahon | 09:06 / 28.01.2016
4554
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Isroil va Gretsiyaning Turkiyani IShIDdan neft sotib olish borasidagi ayblovlariga qo‘shilmadi

AQSh davlat departamenti vakili Mark Toner ma'lum qildiki, rasmiy Vashington Isroil va Gretsiya tomonidan Turkiyani IShIDdan neft sotib olish bo‘yicha ayblovlariga qo‘shilmaydi. Bu haqda Sputnik xabar tarqatgan.

"Biz bu baholashlarni to‘g‘ri deb bilmaymiz. Biz ularning ayblovlarini isbotlovchi hech qanday dalil ko‘rmadik", deydi u.

26 yanvar kuni Isroil Mudofaa vaziri Moshe Yaalon IShID jangarilari Turkiyaga neft sotishni yo‘lga qo‘yganiga ancha vaqt bo‘lgani haqida aytgandi.

27 yanvar kuni esa Gretsiya mudofaa vaziri Panos Kammenos IShID neftining katta qismi Turkiya orqali o‘tayotganini aytdi.