Fan-texnika | 20:53 / 28.01.2016
4074
2 daqiqa o‘qiladi

Odamga o‘xshash Pepper robotlari uyali aloqa salonlari sotuvchilari o‘rnini egallaydi

Kelajak haqiqatga aylanmoqda. Ba'zi davlatlarda odamga o‘xshash robotlar ishchi xodimlar sifatida sinovdan o‘tkazilmoqda. Agar tajriba ijobiy yakunlansa, aqlli mashinalar borgan sari odamlar o‘rnini ko‘proq egallay boshlashi muqarrar.

Bu tendensiya hammadan ko‘proq Yaponiyada yorqinroq namoyon bo‘lmoqda, bu yerda robotlarni qolgan boshqa istalgan davlatdan ko‘proq uchratish mumkin.

Yaponiyaning yirikligi bo‘yicha uchinchi raqamli mobil operatori hisoblanuvchi Softbank telekommunikatsiya kompaniyasi o‘zining uyali aloqa salonlarida mijozlar bilan ishlash uchun Pepper robotlaridan foydalanishini e'lon qildi. “Yangi xodimlar” joriy haftaning oxiridan o‘z ishini boshlaydi. Ularning majburiyatiga mijozlar bilan muomala qilish, mobil xizmatlar bo‘yicha maslahat berish va shartnomalarni rasmiylashtirish kiradi.

Eslatib o‘tamiz, odamga o‘xshash Pepper roboti suhbatdoshining hissiyotlarini anglay oladi va ularga mos ravishda javob bera oladi. Misol uchun, agar robot odam g‘amgin holdaligini ko‘rsa, uni ovutishga va xursand qilishga harakat qiladi.