O‘zbekiston | 22:28 / 29.01.2016
19894
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi boshlandi

O‘zbekistonda yangi «Navoiy-Konimex-Misken» liniyasini qurish bo‘yicha loyihaning amalga oshirilishi boshlandi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot-xizmati ma'lum qildi.

Yangi liniyaning uzunligi 396,9 km ni tashkil qiladi. Yangi qism “Misken” stansiyasida “Navoiy-Uchquduq-Sultonuizdag-Nukus” temir yo‘l liniyasi bilan birlashadi, bu O‘zbekistondan shimoliy yo‘nalishda, xususan Qozog‘iston va Rossiyaga yuk tashishni oshirishga imkon beradi.

Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Loyihaning birinchi bosqichi 2016-2017 yillarda amalga oshiriladi va temir yo‘l tarkiblarining teplovozlarda harakatlanishi uchun “Navoiy-Konimex-Misken” temir yo‘l liniyasining qurilishini ko‘zda tutadi.

Loyihaning bu bosqichi 283,1 mln dollarni tashkil qiladi hamda ichki manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

Ikkinchi bosqichda liniyani elektrifikatsiyalash rejalashtirilmoqda. Ushbu bosqichning amalga oshirilishi muddatlari va qiymati keyinroq belgilanadi.