Jahon | 17:57 / 31.01.2016
14539
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya havo kuchlari tahlikaning “qizg‘ish” darajasini e'lon qildi

Turkiya harbiy havo kuchlari bazalarida tahlika darajasi ko‘tarildi, deb xabar beradi Anadolu axborot agentligi.

Harbiy manbalarning ma'lum qilishicha, Rossiya samolyotining Turkiya havo hududini buzganidan so‘ng tahlika darajasi “qizg‘ish”gacha ko‘tarilgan.

Turkiya IIVning ma'lum qilishicha, Rossiyaning Su-34 samolyoti mamlakat havo hududiga bostirib kirgan. Rossiya mudofaa vazirligi bu faktni tan olmayapti.