Jahon | 17:14 / 01.02.2016
5955
1 daqiqa o‘qiladi
Dovudo‘g‘lu: Turkiya NATOdan Rossiya samolyotining harakati uchun izoh so‘raydi
Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘luning qayd etishicha, Turkiya havo kengliklari chegarasini buzish – bu NATO chegaralarini buzish. Bu haqda u Saudiya Arabistoniga qilgan tashrifi chog‘ida ma'lum qilgan, deb yozmoqda Hurriyet Daily News nashri.
«Bunday vaziyatda NATOning birinchi o‘ringa chiqishi va har qanday Turkiya havo chegaralarining buzilishi NATO chegaralarini buzish bilan teng ekani haqida berishi muhim. Biz shimoliy alyans Bosh kotibiga Rossiya nima sababdan havo chegaralarini buzgani borasida tushuntirish berishini so‘rab murojaat qildik ", - deya ta'kidlab o‘tgan Dovudo‘g‘lu.
Shuningdek, u «mazkur voqea yuzasidan NATOning pozitsiyasidan xursandligi»ni qo‘shimcha qilib o‘tgan.