Jahon | 19:25 / 01.02.2016
18395
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya qirg‘oqlariga boshqarib bo‘lmaydigan kema yaqinlashmoqda

Atlantika okeanida yukning siljishi tufayli boshqaruvi yo‘qotilgan "Modern Ekspress" yuk kemasi Fransiya qirg‘oqlariga yaqinlashmoqda, deb yozmoqdalar OAVlar.

Ayni vaqtda Fransiya dengiz prefekturasi vakillarining ma'lumotlariga ko‘ra, Panamada ro‘yxatdan o‘tkazilgan kema yuk siljishi sababli bir tomonga qiyshayib qolgan.

Kema jamoasining barcha 22 a'zosi vertolyot yordamida kemadan tushirib olindi.

"Hozir kema Fransiya qirg‘oqlaridan 100 km uzoqlikda. Uni shatakka olishga navbatdagi urinish dengizdagi kuchli to‘lqinlanish sababli muvaffaqiyatsiz yakunlandi", deb aytmoqda dengiz prefekti Emmanyuel de Olivera.

Uning aytishicha, agar muammoni hal qilib bo‘lmasa, kema Fransiya qirg‘oqlariga 2 fevral ertalab yoki kechki payt yetib kelib, to‘lqin bilan qirg‘oqqa chiqarib tashlanishi mumkin.

164 metrlik kema 3,6 ming tonna yog‘och va ekskavator texnikasini olib ketayotgani ma'lum bo‘ldi.