Erdo‘g‘on: Vashington Turkiya yoki kurdlardan birini tanlashi kerak
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on AQSh hukumati sherik sifatida Turkiya hukumati yoki kurd kuchlarining “Demokratik kengash” partiyasidan birini tanlashi lozim, deb hisoblamoqda. Bu haqda RIV “Novosti” xabar qildi.
Erdo‘g‘on ushbu fikrlarni AQSh prezidentining elchisi bir hafta muqaddam Anqara Kurdiston Ishchilar partiyasi bilan aloqadorligi bois terroristlar deb hisoblaydigan kurd qo‘shinlari nazorati ostida bo‘lgan Suriyaning Kobani shahriga kelgani izoh sifatida ushbu fikrlarni aytib o‘tdi.
“Qanday qilib sizga (AQShga) ishonishimiz mumkin? Bizmi sizning sherigingiz yoki Kobanidagi terroristlar?”, - dedi Erdo‘g‘on.
AQSh prezidenti Barak Obamaning IShIDga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro koalitsiyadagi maxsus vakili Bret Makgurk o‘tgan haftada Suriya shimolidagi kurdlar nazorat ostida bo‘lgan hududga kelib, IShIDga qarshi kurash olib borayotgan kurd-arab alyansi vakillari bilan muzokaralar olib borgan edi.