Bankir: Rossiya iqtisodiyoti 80 rubl kursga dosh bera olmaydi
Alfa-bankning bosh iqtisodiyotchisi Nataliya Orlova Economy Times nashriga bergan intervyusida Rossiya iqtisodiyotining kelajagi haqidagi fikrlarini aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, davlat byudjyetiga 80-85 rubllik kurs nihoyatda og‘irlik qiladi, negaki bu darhol inflyatsiya ko‘rsatkichlarida aks etadi, ijtimoiy soha uchun to‘laydigan pul qolmaydi.
“Umuman aytganda, bu iqtisodiyotning emas, ko‘proq byudjyetning chegarasidir, - dedi Orlova. – Chunki 80 rubldan ortiq kurs bo‘lganida inflyatsiya ham sezilarli bo‘ladi. Inflyatsiya 8-10 foizdan oshmagandagina qattiq byudjyet siyosatini olib borib, masalan, pensiyalarni 4 foizga indeksatsiya qilish mumkin. Ammo inflyatsiya ikki yil davomida muntazam 15 foiz bo‘lib tursa, boshqa gap. Qandaydir pallaga qadar biz byudjyet ishchilari va nafaqaxo‘rlarga ularning daromadlari bor-yo‘g‘i 4 foizga oshishini aytishimiz mumkin, undan so‘ng inflyatsiya tushib borishi kutiladi. Agar inflyatsiya tushmasa, uni o‘tgan va kelasi yillar hisobidan qoplashga to‘g‘ri keladi. Shunda indeksatsiya 4 foizdan 5-10 foizga, hatto 15 foizgacha sakraydi”.