Jahon | 21:57 / 09.02.2016
5098
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh razvedkasi direktori IShID yangi teraktlar uyushtirishi mumkinligidan ogohlantirdi
AQSh Milliy razvedkasi direktori Jyeyms Klepper kongressdagi nutqida IShID jangarilari yangi teraktlar tayyorlayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Uning aytishicha, teraktlar AQShga uning hududida va xorijda qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Klepperning aytishicha, hujumlar IShID tomonidan ham, uning avtonom tarafdorlari tomonidan ham uyushtirilishi mumkin. Ayniqsa IShIDning avtonom tarafdorlari xavflidir, chunki mustaqil harakat qiluvchi terrorchilarni kuzatish qiyinroqdir.
AQSh razvedkasining fikricha, bugungi kunda terrorchilikning asosiy homiysi Eron hisoblanadi. Klepperning aytishicha, "Al-Qoida" bilan bog‘liq guruhlarni ham esdan chiqarmaslik lozim.