Jahon | 01:41 / 10.02.2016
10710
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh razvedkasi Moskvani axboriy urushda ayblamoqda

AQSh Milliy razvedkasi direktori Jyeyms Klepper Rossiyani axboriy urush olib borishda aybladi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

"Moskva axboriy urushda ko‘proq tajovuzkor strategiyani qabul qilishda davom etmoqda, bu strategiya muhim infratuzilmani nishonga olishga tayyorgarlik va josuslik holati qayd etilgan va sinchkovlik bilan o‘rganilayotgan bir paytda ham josuslik qilishga asoslangan", deb aytdi Klepper.

Klepperning aytishicha, Rossiyaning harakatlari AQSh manfaatlariga qarshi va AQSh razvedkasi harakatlarini to‘xtatishga qaratilgan.

Avvalroq Rossiya bosh shtabi akademiyasi boshlig‘i general-mayor Sergey Chvarkov Rossiyaga qarshi ochiqcha axboriy urush olib borilayotganini aytgandi.