Jahon | 09:49 / 10.02.2016
9347
6 daqiqa o‘qiladi

Oltinchi hikoya: «Tanishlar u hali ham hayotmi deb, ajablanishar edi...»

«Tanishlar u hali ham hayotmi deb, ajablanishar edi...»
Uning ismining ma'nosi ajoyib - Umid. U nihoyat nimjon tug‘ilgan, lekin shifokorlar uning hayotini saqlab qolishgan, uch yoshida esa unga yurak qoriychalari o‘rtasidagi parda nuqsoni (YuQO‘PN) yurak xastaligi tashhisi qo‘yildi. Umid endi besh yoshga to‘lgan...

Uning buvisi Hamrogul aya doim jilmayib turadigan, mehrjon ayol, unga ism ko‘ygan paytida umidlari bepoyon edi. Umrbod g‘isht zavodida ishlagan, besh nafar farzandi, o‘nta nevarasi bor. Umidjon - eng sevimlisi. Shifokorlar tashhisni e'lon kilganlarida nevarasini o‘zi bilan olib ketdi - «omon qolishi uchun». Bolakayni oilasi tarqab ketdi - otasining hayoti bo‘lak - unda o‘g‘liga na vaqt, na joy, na pul bor...

YuQO‘PN - uch yoshdan katta bolalarda uchraydigan yurak xastaliklari orasida ikkinchi o‘rinda turadi. Bu nuqson yurak qorinchalarini ajratib turadigan pardada tabiat ko‘zda tutmagan teshikcha paydo bo‘lishidan kelib chiqadi. Shu teshikcha sababli qon chap qorinchadan o‘ng qorinchaga yanglish quyiladi va kichik qon aylanma doirasida (o‘pka doirasida) ortiqcha hajmda paydo bo‘ladi. Buning natijasi - nafas siqilishi, tez charchash, ketma-ket shamollashlar.

Mazkur alomatlarning bari Umidda ham bor edi. Hamrogul aya aytishicha, tanishlari nevarasi bilan uchratganda, Umidjon hali ham hayot ekanligidan ajablanar edilar. Bunday tashhis qo‘yilgan bemor uchun vaqt raqibga aylanadi. Bunday nuqsonlar kun sayin og‘irlashib boradi va operatsiya qilish muddati kechiktirilib, uni amalga oshirish imkoni qolmaydi.

Shifokorning asosiy vazifasi - vaqtni qo‘ldan boy bermasdan bemorni operatsiyaga yo‘naltirish. Umidjonga operatsiya, unga tashhis ko‘yilganidan so‘ng, darhol tavsiya etilgan bo‘lsada, lekin oilaning oksigenator sotib olishga mablag‘i yo‘q edi. Aynan shu moslama ochiq yurakda o‘tkaziladigan operatsiya davomida tana to‘qimalarini kislorod bilan ta'minlab turadi. Uning yordamida bemorning hayoti uchun xavf-xatarsiz yuragini to‘xtatib, jarrohlik yo‘li bilan davolash mumkin.

Kardiologlar tug‘ma yurak kasalliklarini kelib chiqaradigan 300 ga yaqin sabablarini aniqlaganlar: yaqin qarindoshlar orasidagi nikohlar, irsiy omillar, xromosomalar buzilishi, yallig‘lanish, infeksion kasalliklar, stresslar, alkogolga ruju qo‘yish va hokazo.

Odatda shu kabi omillarning bir nechasi birikmasi natijasida tug‘ma yurak xastaligi kelib chiqadi. Tug‘ma yurak xastaliklari (TYuX) homiladorlikning 19-kunidan 72-kuniga qadar shakllanadi. 19-kundan yurak ura boshlaydi, 72-kunga borib u kattalarning yuragini mini-nushasiga aylanadi. Aynan shu davrda homila salbiy ta'sirlarga duchor bo‘lsa, tug‘ma yurak xastaligiga chalingan chaqaloq tug‘ilishi ehtimoli ortadi. Har yili tug‘iladigan 10 ming chaqaloqdan yettitasida shunday holat uchraydi.

Tug‘ma yurak xastaligi qancha erta aniqlanib davolansa, uning to‘la davolanishiga va insonning keyingi hayoti to‘laqonli bo‘lishiga umid ham shunchalik katta.

Umid stulda oyog‘ini lik-lik qilib, xush ko‘rgan shokoladini yeb o‘tiripti. «Kim shokoladni o‘ylab topganligini bilmaysizmi? Zo‘r odam ekan-da, men ham yaxshi odam bo‘laman», deb, vaqti-vaqti bilan ko‘kragidagi bog‘lovni tuzatib, mulohaza yuritadi Umid.

Bir necha kun ilgari yuragida o‘tkazilgan operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, oksigenator va boshqa kerakli dori-darmonlarni xarajatlarini «Sochnaya dolina» savdo markasi «Hayotlarni birgalikda qutqaraylik» xayriya aksiyasi doirasida o‘z zimmasiga oldi.

Aktsiyaning asl mohiyati oydin va tushunarli - noyabr oyida sotilgan «Sochnaya dolina» sharbatlaridan tushgan pulning muayyan bir qismi Toshkent pediatriya institutining kardiojarrohlik markazining maxsus hisob raqamiga jamlangan edi. Shu mablag‘ hisobiga 15 ta kam ta'minlangan oilada katta bo‘layotgan va yurakda o‘tkaziladigan operatsiyaga o‘ta muhtoj bolalar uchun oksigenatorlar va kerakli dori-darmon sotib olingan edi...

Bu o‘n beshta «yurak hikoyalarining» oltinchisi va hali bularning davomi bor...

Yurak hikoyalari. Birinchi hikoya. «Men bor joyda - doim quyosh charaqlaydi...»

Yurak hikoyalari. Ikkinchi hikoya: «Endi men yashashni istayman...»

Yurak hikoyalari. Uchinchi hikoya: «Ura, men operatsiyaga boraman!»

Yurak hikoyalari. To‘rtinchi hikoya: «Qo‘lbola mo‘'jiza»

Yurak hikoyalari. Beshinchi hikoya: Ona: O‘g‘ilchamning yurakchasi urayaptimi, degan xavotirda uyg‘onib, qulog‘imni ko‘kragiga qo‘yib eshitmagan kecha bo‘lmasa kerak

Reklama huquqlari asosida.