Sport | 07:19 / 10.02.2016
3818
1 daqiqa o‘qiladi
Pepsi “Barselona”ning yangi titul homiysiga aylanishi mumkin
Pepsi kompaniyasi “Barselona” futbol klubining titul homiysiga aylanishi mumkin.
Katalon klubi bu borada AQSh kompaniyasi bilan muzokaralarni bir necha kun avval boshlagan va bu borada ancha ildamlagan, deb xabar bermoqda Sport.es nashri.
Gap 5 yillik shartnoma haqida ketmoqda, uning shartlariga ko‘ra "Barsa" har bir mavsum uchun 60 mln yevro oladi.
Shu bilan birga "Barsa" o‘zining hozirgi homiysi Qatar Airways aviakompaniyasi bilan ham muzokaralar olib bormoqda.
Klub barcha variantlarni ko‘rib chiqmoqda, jumladan keyingi mavsumni titul homiysiz o‘tkazishi ham mumkin.
Ta'kidlash joizki, Pepsi’ning yuzi uning ko‘plab reklama roliklarida suratga tushgan "Barsa" hujumchisi Lionel Messi hisoblanadi.