Viktoriya va Devid Bekxem yarim yil ayro yashaydigan bo‘ldi
Mashhur odamlar o‘zining jufti, farzandlari va oilasidan uzoqda bo‘lishga ko‘nikib qolishgan. Biroq bunday ayriliqlar bir oydan uzoqqa cho‘zilmasa bir gap-u, deyarli yarim yilga cho‘zilsa boshqa gap.
Yaqin orada sobiq futbolchi Devid Bekxem va uning rafiqasi Viktoriya ham bir-birlaridan uzoqda o‘z hissiyotlarini vaqt bilan sinovdan o‘tkazishlariga to‘g‘ri keladi. Xorijiy OAVlar Viktoriya va Devid 2016 yilning yarmini turli shaharlarda, qit'alarda bir-birlaridan alohida yashashlariga to‘g‘ri kelishini ma'lum qilmoqdalar. Yaqin orada Viktoriya o‘z biznesi bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha uzoq davom etuvchi safarga jo‘nashi kerak: sobiq yulduz o‘zining moda imperiyasini barqaror kengaytirib bormoqda hamda Yevropa va Osiyoda bir nechta butiklar ochmoqda. Devid esa bu orada to‘rt farzandi – Bruklin, Romeo, Kruz va Xarperga ham otalik, ham onalik qilishiga to‘g‘ri keladi.
Devid farzandlari bilan odatdagidek Londonda emas, balki Los-Anjyelesda yashashiga to‘g‘ri keladi. U bu yerda uydagi yumushlari bilan birga o‘ziga tegishli futbl jamoasi bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi.