Jahon | 09:01 / 20.02.2016
5524
1 daqiqa o‘qiladi
Kemeron: Buyuk Britaniya hech qachon yevrohududning bir qismi bo‘lmaydi
Buyuk Britaniyaga Yevropa Ittifoqining "Yevropa xalqlarining yanada yaqinroq ittifoqi" tamoyili amal qilmaydi, deb aytdi Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
"Buyuk Britaniya "Yevropa xalqlarining yanada yaqinroq ittifoqi" tamoyili ta'siridan butunlayga chiqariladi. Va u hech qachon yevrohududga qo‘shilmaydi", deb aytdi Kemeron.
Kemeron Yevropa Ittifoqi bilan erishilgan kelishuvlar huquqiy majburlovchi xarakterga ega ekanligini ta'kidlab o‘tdi.