Sport | 10:25 / 26.02.2016
12235
2 daqiqa o‘qiladi

5 mart: Ruslan Chagayev Lukas Braunga qarshi

5 mart kuni Chechenistonning Grozniy shahrida o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev (32-2-1, 21 KO), "Axmat" boks klubi vakili sifatida o‘zining WBA Regular chempionlik kamarini avstraliyalik Lukas Braunga ("Katta dada" laqabli) (23-0-0, 20 KO) qarshi jangda himoya qiladi.

Ruslan Chagayev 1,5 yil oldin aynan Grozniyda, 35 ming muxlis bilan to‘lgan "Axmat-Arena"da Fres Okendoni yenggandi.

Bu bokschilar o‘rtasida revansh o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan, ammo puertorikalikning jarohati tufayli bu jang bekor qilingandi. 5 mart kungi jangda Chagayev g‘alaba qozonsa yana bir marta Okendoga qarshi ringga ko‘tariladi, g‘alaba qozongan bokschi esa WBA Super uchun jang qilishi mumkin bo‘ladi.

Lukas Braun o‘z vaqtida afsonaviy Jyeyms Tonini mag‘lub etgan, agar Pert shahri vakili bo‘lajak jangda g‘alaba qozonsa, superog‘ir vazn toifasida jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan birinchi avstraliyalik bokschiga aylanadi.

Bu jang kechasi Legend Production tomonidan tashkil etiladi. Jang boshlovchisi Aleksandr Zagorskiy bo‘ladi.