Jahon | 08:29 / 26.02.2016
4687
1 daqiqa o‘qiladi
Obama IShIDga nisbatan hech qanday o‘t ochishni to‘xtatish bo‘lmasligini aytdi
AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining murojaatida AQSh dunyoning barcha davlatlarida istalgan imkoni bor vositalar bilan IShIDga qarshi kurashni davom ettiradi, deb aytdi.
"Biz kelgusida ham qayerda bo‘lmasin, IShID solayotgan xavf bilan barcha mavjud vositalar bilan kurashishni davom ettiramiz", deb aytdi Obama.
Obamaning aytishicha, AQSh Suriya va Iroqda IShID terrorchilariga qarshi jangovar harakatlarni to‘xtatmoqchi emas.
"Aniq aytishni istardim, IShIDga nisbatan hech qanday o‘t ochishni to‘xtatish bo‘lmaydi. Biz ular bilan to‘xtamasdan kurash olib boramiz", deb aytdi Obama.
Avvalroq Obama Rossiya harbiy-koinot kuchlari operatsiyasi Suriya hukumatini kuchaytirib, mamlakat hududidagi gumanitar vaziyatni yomonlashtirdi, deb aytgandi.