Jamiyat | 16:23 / 04.03.2016
7051
1 daqiqa o‘qiladi
O‘g‘ri-“xaridor” ayol ushlandi
Yashnobod tumanidagi kiyim-kechak savdo rastalaridan birida o‘g‘irlik jinoyati sodir etilgani ma'lum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, 30 yoshlar atrofidagi ayol do‘konga xaridor sifatida kirib, mahsulotlarni ko‘zdan kechiradi va sotuvchining boshqa xaridorlar bilan muloqotidan foydalanib, qiymati 300 000 so‘mlik kurtkani olib, pulini to‘lamay, juftakni rostlashga urinadi. Biroq buni vaqtida payqab, hushyorlik qilgan sotuvchi ayol jinoyatchini do‘kondan uzoqlashmasidan to‘xtatib qoldi.
Janjal huquq tartibot xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi. O‘rganish jarayonida ayblanuvchi kiyimga hech qanday pul to‘lamagani aniqlandi va jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqida “Ogoh” nashri xabar bermoqda.