Jamiyat | 11:29 / 05.03.2016
22211
2 daqiqa o‘qiladi

Nigora Oybekning yomon xotirasidan, Oybek esa uning ko‘p taomlarni tayyorlay olmasligidan nolidi

O‘zbek estradasining omadli juftligi, yaqinda turmush qurgan Oybek-Nigora dueti jurnalistning san'at, turmush, oilaviy hayot haqidagi savollariga javob berdi.

“Bekajon” jurnalistining “Oybekning qaysi odati jahlingizni chiqaradi?”, deya bergan qitmirona savoliga javob berar ekan, Nigora, jumladan, shunday dedi: “Xotirasi salgina yomonroq. Bir narsani olib kelishi uchun bir necha marta eslatishingiz kerak. Ammo foydasi bo‘lmaydi”.

O‘z navbatida, Oybek ham “Pishirgan hamma ovqatlari ham mazali chiqavermaydi. O‘zi mustaqil ravishda taomlarni tayyorlay olmaydi. Yo uydagilaridan yoki oyimdan so‘raydi. Bular vaqtincha, nazarimda”, deya javob qaytargan.

Suhbat chog‘ida Nigora o‘z armoni haqida ham gapirib o‘tgan: “Bolaligimdan Muhriddin Xoliqov bilan bir marta bo‘lsa ham ko‘rishish, suhbatlashish niyatim bo‘lgan. Ammo bu armonga aylanib qolgan. Balki, ilgariroq yonlariga borishga harakat qilsam bo‘larmidi, degan o‘ylar tinchlik bermaydi menga. Lekin qo‘shiqlarini kuylab chiqqanimiz ozgina taskin beradi”.