Jamiyat | 18:46 / 08.04.2016
20168
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank vakili ta'lim krediti olish tartibi haqida ma'lumot berdi

O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun davlat tomonidan keng imtiyozlar yaratib qo‘yilgan. Jumladan, ular ta'lim kreditlari olishlari mumkin. Bu haqda Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosariga asoslanib “Darakchi” nashri yozgan.

1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta'lim kreditlari berish to‘g‘risida”gi Nizomning 4-bandiga asosan ta'lim kreditlari Oliy ta'lim muassasalarida o‘qish davri hisobga olingan holda bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturada o‘qiydiganlar uchun 5 yilgacha bo‘lgan vaqtda beriladi.

2. Muddatli harbiy xizmatni o‘tash davri bu vaqtga kirmaydi va ushbu davrda ta'lim kreditlari uchun foiz stavkalari hisoblanmaydi.

3. Nizomning 16-bandiga ko‘ra, ta'lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar shartnomada qayd etilgan shartlarda har yarim yilda o‘qish uchun yillik to‘lov miqdorini teng ikki qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

4. Bunda yangidan qabul qilingan talabalar uchun birinchi yarim yillikda, o‘qiganlik uchun boshlang‘ich to‘lov har yilning 1 oktabrigacha, ikkinchi yarim yillik uchun o‘quv yilining 15 martigacha to‘lanadi.

5. O‘qishning ikkinchi yilidan boshlab kredit hisobiga to‘lovlar har yarim yillikning birinchi oyida, ya'ni sentabr va martning 5-kunidan kechiktirilmay to‘lanadi.