Sport | 19:48 / 14.04.2016
2541
2 daqiqa o‘qiladi

Basketbolchi Kobi Brayant faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvni 60 ochko jamg‘argancha yakunladi

Milliy basketbol assotsiatsiyasi chempionatida o‘tkazilgan "Los-Andjyeles Leykers" va "Yuta Jaz" jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yin 101:96 hisobida yakunlandi va unda kaliforniyaliklarning yetakchisi Kobi Brayant so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi.

Brayant 60 ochko to‘plab, uchrashuvdagi eng sermahsul o‘yinchi sifatida e'tirof etildi va mavsumdagi eng yaxshi uchrashuvini o‘tkazdi. "Leykers" yetakchisi MBAning boshqa o‘yinlarida 40 va undan yuqori ochko jamg‘argan edi.  

Brayant o‘z faoliyatini 1999 yilda "Sharlott Xornets" jamoasida himoyachilikdan boshlagan. Professional faoliyatidagi 20 ta mavsumning barchasini "Leykers"larda o‘tkazgan. U jamoa bilan MBAning besh karra chempioni bo‘lgan (2000, 2001, 2002, 2009, 2010). Basketbolchi MBA yulduzlari tarkibiga 18 marta ketma-ket kiritilgan. U AQSh milliy terma jamoasi tarkibida o‘ynab, ikki marta (2008,2012) Olimpiya o‘yinlarining oltin medali bilan taqdirlangan. 

1. Kobi Braynt faoliyati shafaqi ostonasida

2. Jamoadoshi Shakil O’Nil bilan

3. “Sakramento” jamoasiga qarshi uchrashuvda

4. Kobi Braynt “Mayami” jamoasi himoyachisi Kendalla Gillaga qarshi

5. “Finiks”ga qarshi uchrashuvdagi quvonch

6. “Yuta” jamoasining rossiyalik yetakchisi Andrey Korolenkoga qarshi

7. 2008 yilda Pekinda o‘tgan Olimpiya o‘yinlari vaqtida Argentinaga qarshi uchrashuv

8. Olimpiya o‘yinlari – 2008 da qo‘lga kiritilgan oltin medallar quvonchi

9. 2012 yil Londonda o‘tgan Olimpiya o‘yinlari vaqtida AQSh tarkibidagi uchrashuv

10. Qiyin uchrashuvlardan biri

11. Kobi Brayntning futbol olamidagi kumiri Ronaldino bilan suhbat

12. Xalqa ostida

Mavzuga oid