Jahon | 10:13 / 14.04.2016
8739
3 daqiqa o‘qiladi

Sobiq fazogir Leonov Gagarin o‘limi sababchisini ma'lum qildi

Sobiq fazogir Aleksey Leonov "Zvezda" telekanaliga birinchi fazogir Yuriy Gagarin o‘limining o‘z taxminini gapirib berdi.

1968 yil 27 mart – Gagarin vafot o‘tgan kun Leonov Vladimir viloyatidagi Kirjach aerodromida bo‘lgan. Bu aerodromdan Gagarin MiG-15UTI samolyotida yana bir uchuvchi bilan havoga ko‘tarilgan va falokatga uchragan.

Samolyot havoga ko‘tarilgandan birozdan keyin aerodromdan portlash ovozi eshitilgan. "Biz qo‘mondonlik-dispetcherlik punkti yonida turgandik va ikki portlash va o‘ta tez tovushni eshitdik. Portlash va o‘ta tez tovush o‘rtasidagi interval 1,5-2 soniya bo‘ldi", deb eslamoqda fazogir. Leonov va boshqa uchuvchilar o‘ta tez ovoz boshqa obekt, portlashniki esa boshqa obektniki bo‘lgan degan qarorga kelishgan.

Rasmiy xulosada Gagarin boshqargan MiGa-15 samolyotining falokati sababi sifatida boshqa samolyotga yaqinlashish va keskin qochish bo‘lgani aytilgan, biroq Leonovning fikricha, falokatga noma'lum samolyot sabab bo‘lgan. "Gagarinning o‘limiga bulutdan 400 metr pastroq tushgan uchuvchi sabab bo‘lgan. U forsajni yoqib, Gagarinni ko‘rmagan holda uning samolyoti yonidan o‘tib ketgan. Bu Su-15 samolyoti bo‘lgan, u Gagarin samolyoti yonidan 10-15 metr uzoqlikda tovush tezligida o‘tib ketgan va g‘alayonlangan oqim bilan Gagarin samolyotini to‘ntarib yuborgan", deb aytdi Leonov.

Leonov falokat tergovi ishtirokchilari tomonidan yozilgan maktubni eslab o‘tdi. Unda Andrey Tupolevning qo‘l ostidagi Su-15 samolyoti uchuvchisi qatag‘onlarga uchramasligi uchun falokat tafsilotlari oshkor etilmasligi so‘ralgan.

Falokatni tergov qilgan komissiyaning rasmiy xulosalari shunday bo‘lgan: falokatga uchragan samolyoti ekipaji (Gagarin va uchuvchi-konstruktor Vladimir Seryogin) o‘zgargan havo vaziyati (tafsilotlari keltirilmagan) sababli keskin manyovr bajargan va shtoporga tushib qolgan. Uchuvchilarning samolyotni gorizontal holatga keltirishiga urinishlariga qaramasdan, samolyot yerga urilgan, ekipaj halok bo‘lgan.

Tushunarliroq rasmiy taxmin va obektiv isbotlarning chop etilmagani uchuvchilarning o‘limi haqida ko‘plab taxminlar va norasmiy versiyalarning paydo bo‘lishiga olib kelgan.