Jahon | 20:23 / 22.04.2016
1875
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi: tabiiy zaxiralardan asoratlarsiz foydalanish davri yakunlandi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha Parij kelishuvini imzolash tantanali marosimida davlatlar tabiiy zaxiralardan asoratlarsiz foydalanish davri yakunlanganini anglashlari va o‘z iqtisodiyotlarining uglevodorod xom ashyosidan tobeligini kamaytirish bo‘yicha sa'y-harakatlarini faollashtirishlari kerakligini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

"Men barcha davlatlarni kelishuv tezroq kuchga kirishi uchun unga qo‘shilishga chaqiraman. Global harorat o‘sishini 2 gradusdan pastroq darajada cheklash imkoniyati tez qo‘ldan boy berilmoqda, 1,5 gradusni gapirmasa ham bo‘ladi", deb aytdi Pan Gi Mun.

Pan Gi Munning ta'kidlashicha, tabiiy zaxiralardan asoratlarsiz foydalanish davri yakunlandi. Bosh kotib "o‘z lavozimining birinchi kunidan ko‘zlab ishlagan kun" yetib kelganini tan oldi.

"Bugun siz kelajak bilan bitimni imzolamoqdasiz", deb aytdi bosh kotib.

Avvalroq BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini imzolash marosimida BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida 165 ta davlat vakillari ishtirok etishini ma'lum qilgandi.