Jamiyat | 19:22 / 25.04.2016
2495
2 daqiqa o‘qiladi

Pokistonda 23 kishi shirinlikdan zaharlanib, vafot etdi

Pokistonning Panjob viloyati hududida zararli va iste'molga yaroqsiz shirinliklardan tatib ko‘rgan 23 kishi zaharlanib, vafot etgan. Bu haqda BBC News xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, uy egasi o‘z o‘g‘lining tug‘ilgan kunida 4,5 kg "ladda" (Pokistonda ziyofatlarda dasturxonga qo‘yiladigan milliy shirinlik) sotib olgan.

Natijada, bu konfetlardan tatigan mehmonlar (ziyofatga kelgan qarindoshlardan 11 nafari) hamda tug‘ilgan kun sohibining otasi zaharlanib, vafot etgan. Shuningdek, bolaning do‘stlari va oilaning yaqinlari bo‘lgan yana 11 kishi zaharlanib, jon bergan. Bu shirinlikdan jami 77 kishi zaharlangan. Ayni vaqtda shifoxonaga yotqizilganlarning 5 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Xabar qilinishicha, bunday konfetlardan zaharlanish hodisasi o‘tgan oyda ham kuzatilgandi.

Politsiya qandolatchilik fabrikasi xo‘jayinlarini va xodimlarini hibsga olgan. Taxmin qilinishicha, shirinliklar tayyorlanadigan joyga qo‘shni binodagi ta'mir hududidan zaharli ximikat tushgan.