Sport | 11:52 / 12.06.2016
10568
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik taekvondochilar jahon chempionatida 17 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

2016 yilning 10-13 iyun kunlari Italiyaning Venetsiya shahrida taekvondo ITFning WASCO turkumida 10-Jahon chempionati bahslari bo‘ib o‘tmoqda. Musobaqada yoshlar va kattalar bahs yuritmoqda.
Bu musobaqa o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli keldi. Taekvondo ITFning O‘zbekistondagi milliy assotsiatsiyasi prezidenti Laziz Xasanovning ma'lum qilishicha, o‘zbekistonlik 17 sportchi bahslarda oltin medallarni qo‘lga kiritgan.
Ushbu medallar G‘aniyeva Oynoz, Shoniyozov Behruz, G‘aniyev Umidjon, Ergashboyev Abdug‘ofur, Komilov Suhrob, Nazarov Avazbek, Muhammadaliyeva Dilnoza, Bozorov Furqat, Holbekov Bahodir, Burhonov Shohjahon, Isroilov Abduazim, Irisboyev Abdurauf, Salimov Jasur, Mirzohedov Oybek, Rahmonov Xasan, Abdullayev Abdug‘ofur va Aliyeva Farangizlarga nasib etdi.

Mavzuga oid