Iqtisodiyot | 22:59 / 13.06.2016
13071
1 daqiqa o‘qiladi

LinkedIn asoschisi o‘z davlatini 1 mlrd dollarga ko‘paytirib oldi

LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Rid Xoffman ijtimoiy tarmoq Microsoft kompaniyasi tomonidan sotib olinishi haqidagi yangilikdan keyin o‘z davlatini deyarli 1 mlrd dollarga ko‘paytirib oldi. Uning davlati endi 3,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Xoffman shuningdek Facebook va Zynga kompaniyalari aksiyasiga ega.

Avvalroq LinkedIn aksiyalari narxi Microsoft tomonidan sotib olinishi haqidagi yangilik ortida 47 foizga, ya'ni193,01 dollarga o‘sgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid