Fan-texnika | 22:01 / 13.06.2016
7202
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft kompaniyasi LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ini sotib olmoqda

Microsoft kompaniyasi LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ini 26,2 mlrd dollarga sotib olish bo‘yicha bitim tuzdi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri.

Bayonotda ijtimoiy tarmoq "o‘z brendi, madaniyati va mustaqilligini saqlab qolishi" aytilgan. LinkedIn rahbari Jyeff Veyner ham ishlashni davom ettiradi va faqatgina Microsoft rahbari Satya Nadella oldida o‘z loyihasi uchun javob beradi.  

Ta'kidlanishicha, bitim 2016 yil davomida tuziladi.  

Biroq AQShdagi savdolar vaqtida Microsoft ijtimoiy tarmoqni sotib olishi haqidagi xabardan keyin aksiyasi narxi 3 foizga, ya'ni 49,92 dollarga tushib ketdi. 

LinkedIn aksiyasi esa aksincha 47 foizga o‘sib, 193,01 dollarni tashkil qildi.

Mavzuga oid