Jahon | 15:21 / 16.06.2016
11945
1 daqiqa o‘qiladi

Shoygu MDH davlatlarini chegaralardagi vaziyat tufayli harbiy hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning fikricha, MDH mamlakatlari tashqi chegaralarda yuzaga kelgan vaziyat tufayli harbiy sohalardagi hamkorlikni kengaytirishi kerak.

"Hamdo‘stlikning tashqi chegaralarida notinch vaziyat yuzaga kelgan. Bu og‘ir vaziyatda mudofaa sohasida hamkorlikni kengaytirish zarur", degan Shoygu MDH mamlakatlari Mudofaa vazirlari yig‘ilishida.

Uning aytishicha, MDHga asosiy tahdid xalqaro terrorizmdan bo‘lib turibdi.

"Oldimizda terrorizmning MDH bo‘ylab tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikdek muhim vazifa turibdi", degan vazir.

Shoygu MDH mamlakatlari 2020 yilgacha amal qiladigan mudofaa sohasida o‘zaro hamkorlik qilishi bo‘yicha Kontseptsiya doirasida ish olib borishi kerakligini ta'kidlagan. Bu hujjat MDH a'zolarining Qurolli kuchlarini kuchaytirish, milliy va kollektiv xavfsizlikni ta'minlash hamda qo‘shnichilik munosabatlarini yaxshilashni nazarda tutadi.