Jahon | 14:17 / 16.06.2016
6227
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariya Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishdan bosh tortdi

Shveytsariyaning yuqori palatasi 1992 yilda Yevropa Ittifoqiga kirish uchun berilgan arizani qaytib olish uchun ovoz berdi. Bu haqida Neue Zürcher Zeitung gazetasi xabar berdi. 

Shveytsariya Kantonlar kengashi deputatlarining katta qismi arizani qaytib olish fikrini qo‘llab-quvvatladi. Mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lishiga 27 nafar deputat, arizaning kuchda turishiga 13 nafar deputat ovoz berdi. Shu tariqa yuqori palata Shveytsariya Milliy kengashining qarorini tasdiqladi. 

Gazetaning ma'lum qilishicha, ariza referendumdan keyin o‘z kuchini yo‘qotgani bois qaror ramziy xarakter kasb etadi.