Jahon | 15:10 / 23.06.2016
17444
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: ShHT "amorf tashkilot"ga aylanmasligi kerak

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning hisoblashicha, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi "amorf tashkilotlar"ga aylanmasligi kerak.

"Bizning vazifamiz shuki, ShHT amorfli (og‘ma - kristallanmagan - tahr.), faqat qog‘ozdagi, byurokratik tashkilotga aylanib qolmasligi kerak. Xuddi, ASeAN yoki Janubiy-Osiyo davlatlari tashkilotlariga o‘xshab... O‘z vaqtida MDH ham shunday tashkilotga aylanib qolgandi... Hozir ShHT uchun juda muhim davr, biz Toshkentda tashkilot tarkibiga yangi a'zolarni qabul qilamiz. Bu Hindiston va Pokiston. Shuningdek, Eronni qabul qilish masalasini ko‘rib chiqamiz", degan u "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida.

U ShHT Yevroosiyo hududidagi o‘ta muhim tashkilot ekanini qayd etib o‘tgan.

"Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi haqida ham shunday fikrlarni aytib o‘tgandim", deya qo‘shimcha qilgan Qozog‘iston rahbari.

Bugungi kunda ShHT a'zolari bu Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston. Belarus, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega. 2015 yilda tashkilotga Hindiston va Pokistonni kirtish jarayoni ishga tushirilgan edi.