Jahon | 12:23 / 01.07.2016
9343
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh taqiqlandi

Tojikistonda yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh taqiqlandi. Bu haqda "Aziya-Plyus" agentligi xabar bermoqda.

Mamlakatdagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish” qonuniga kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq amakivachcha, ammavachcha, tog‘avachcha va xolavachchalar o‘rtasidagi nikoh taqiqlangan. Bundan tashqari, yoshlar o‘rtasida nikoh bo‘lishidan oldin ularning bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishlari qayd etib qo‘yilgan. FHDYo organlari tibbiy ma'lumotnomalarsiz ularning nikohini qayd etishlari mumkin emasligi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, qonunga kiritilgan yangi tartibga ko‘ra, chet elga ishlagani chiqib ketgan Tojikiston fuqarolari vatanlariga qaytib kelgach, tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari majburiy etib belgilangan.

 

Foto:Google image