Jahon | 11:33 / 04.07.2016
17009
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya rossiyaliklar orasida eng asosiy yo‘nalishga aylandi

Rossiyada Turkiyaga sayyohlik chiptalari sotilishi yo‘lga qo‘yilgan shu uch kun ichida bu yo‘nalish rossiyaliklar orasida eng mashhur yo‘nalishga aylandi. Bu haqida «Kommersant'» gazetasi xabar qildi. 

Manbaga ko‘ra, sotilgan turlarning taxminan 35 foizi Rossiya fuqarolari uchun qayta yo‘lga qo‘yilgan yo‘nalish -  Turkiya dam olish maskanlariga to‘g‘ri keladi. Sayyohlik operatorlari charter dasturini amalga oshirishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishdi, biroq bu faqatgina "Rosaviatsiya"ning rasmiy qaroridan keyin amalga oshirilishi mumkin. 

Sayyohlik agentlari uchun Turkiyaga boshqa yo‘nalishlardan joy band qilishga qaror qilgan sayyohlargina muammo tug‘diradi. Rossiya Sayyohlik operatorlari assotsiatsiyalari (RSOA) ijrochi direktori Mayya Lomidze bunday vaziyatni kutilgan deya baholadi. Uning ta'kidlashicha, so‘rovning ko‘pligiga qaramay, qayta band qilingan turlarning soni minimal ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. "Mijozlar jarima to‘lab pullarini yo‘qotishadi, bu esa hech qanday naf yo‘q", - deya izoh berdi u. 

Lomidzening so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Turkiyada sayyohlar xavfsizligiga kafolat berilmaydi, shu bilan birga sayyohlik chiptalari narxi ancha qimmatligicha qolmoqda. 

Turkiyaga chiptalar sotilishiga nisbatan qo‘yilgan cheklov 30 iyun kuni RF prezidenti Vladimir Putin tomonidan bekor qilindi. 

Mavzuga oid