Jahon | 02:38 / 16.07.2016
8019
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya bosh shtabi hukumatni qo‘liga olganini ma'lum qildi

Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi hukumatni qo‘l ostiga olganligini va Turkiya rahbariyati hokimiyatdan olib tashlanganligini ma'lum qildi. Bosh shtabning ushbu bayonoti NTV telekanali efirida to‘g‘ridan-to‘g‘ri e'lon qilindi.

Avvalroq Turkiya bosh vaziri mamlakatda harbiy to‘ntarishga urinish sodir bo‘lganligi haqida ma'lum qilgan edi.

Istanbul va Anqaradagi ayrim joylarda otishma ovozlari eshitilgan, shahar uzra qiruvchi samolyotlar va vertolyotlar harakatlanmoqda.

Mavzuga oid