Jahon | 09:53 / 18.07.2016
8376
2 daqiqa o‘qiladi

Marokash Afrika ittifoqiga qayta a'zo bo‘lishi mumkin

Foto: RIA

Marokash podshohi Muhammad VI, uning mamlakati Afrika Ittifoqiga qayta a'zo bo‘lish niyati borligini ma'lum qildi. Marokash 1984 yili mazkur tashkilotni tark etgan edi, deb xabar qilmoqda mamlakatning rasmiy axborot agentligi MAP.

Marokash qit'aning Afrika Ittifoqiga kirmagan yagona davlati bo‘lib, u G‘arbiy Sahroi Kabirning Ittifoqqa qabul qilinishiga norozilik sifatida tashkilotni tark etgan edi. Marokash G‘arbiy Sahroi Kabirni o‘z hududi deb hisoblaydi. 

"Uzoq yillar davomida do‘stlarimiz, ularning safiga qaytishimizni so‘rashdi. Bu vaqt yetib keldi", — degan Marokash podshosi AIning 27-sammitida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sahroi Kabir masalasida hammasi hal bo‘lgan. Uning mustaqilligini xalqaro tashkilotlar, birinchi galda BMT va Arab davlatlari ligasi tan olmaydi. 

AIning 34 mamlakati G‘arbiy Sahroning mustaqilligini tan olmaydi, oxirgi 15 yilda esa, dunyoning 36 mamlakati o‘z qarorini o‘zgartirgan.
 
Rasmiy Rabot 1975 yili o‘z tarkibiga qo‘shib olgan G‘arbiy Sahroi Kabirga keng qamrovli muxtoriyat berishga rozi. 

Mavzuga oid