Jahon | 09:23 / 05.08.2016
8099
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya TIV Turkiyani o‘lim jazosini tiklash oqibatlaridan ogohlantirdi

Turkiyada o‘lim jazosini qo‘llash amaliyotining tiklanishi uning YeIga kirishi uchun to‘siq bo‘ladi, deya Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters agentligi. Shu bilan birga, Shtaynayyer, shimoliy Shtralzund shahrida chiqish qilar ekan, rasmiy Anqara bilan muzokaralarni to‘xtatib qo‘yishga vaqtli ekanini aytgan. 

2-avgust kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatning aksariyat fuqarosi o‘lim jazosini tiklash tarafdori ekanini e'lon qilgan edi. 

«Buni fuqarolarning 57 foizi xohlamoqda, parlament ham shuni ma'qullasa,  hech kim to‘sqinlik qila olmaydi», — degan edi Erdo‘g‘an.

Mavzuga oid