Jahon | 19:07 / 17.08.2016
6687
2 daqiqa o‘qiladi

BMT kuzatuvchilarining Kashmirga kirishi uchun ruxsat olishga urinmoqda

Foto: © EPA


BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn rasmiy Dehli va Islomobodning mustaqil kuzatuvchilarga Hindistonning Jammu va Kashmir shtati hamda Kashmirning Pokiston nazoratidagi hududiga kirishlari uchun ruxsat bermayotganidan afsus bildirgan. 

"Men vakillarimizni kiritishlarini yana bir marta iltimos qilaman", - deyiladi uning Jyenevada e'lon qilingan bayonotida. 

"Men iltimoslarimiz qanoatlantirilmaganidan chuqur afsusdaman", - degan al-Husayn. 

U, "haddan ortiq kuch ishlatilishining jiddiyligi, zo‘ravonliklarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani hamda ko‘p insonlarning o‘ldirilgani va jarohatlangani" haqida so‘z yurtgan. Bundan tashqari, mintaqada kunda-kunora yuz berayotgan turli xil tartibsizliklar va ko‘ngilsizliklarni yodga olgan. 

"Shunday achinarli vaziyatda, mintaqa davlatlarining mustaqil kuzatuvchilarga mintaqada nazorat o‘tkazishlarini taqiqlashi, achinarli va afsuslanarli holatdir", - deb ta'kidlagan BMT oliy bosh komissari. 


 

Mavzuga oid