Fan-texnika | 17:28 / 26.08.2016
6129
2 daqiqa o‘qiladi

Apple o‘z ijtimoiy tarmog‘i ustida ish olib bormoqda

Apple kompaniyasi Facebook, Snapchat va Instagram asosida ijtimoiy tarmoqlar uchun o‘z dasturini yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqida Bloomberg xabar berdi.

Apple xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, yangi dastur foydalanuvchilarga videoroliklar yozib, ularni tahrirlashga, turli xil filtrlarni amalga oshirishga va natijalarni boshqa foydalanuvchilar bilan baham ko‘rishga yordam beradi. 

Bloomberg nashrida qayd etilishicha, «tarmoqlarning ommaviyligidan maksimal foyda olish» maqsadida kompaniya kuniga 30-50 daqiqa taniqli dasturlar, jumladan, Facebook, Snapchat va Instagram'da vaqtini o‘tkazuvchi yosh foydalanuvchilarga e'tibor qaratmoqda. Video bilan ishlash vositalaridan tashqari, dasturchilar ijtimoiy tarmoqlarning ajralmas qismi bo‘lgan bir necha funksiyalarni ham qo‘shmoqda. Misol uchun, turli foydalanuvchilar o‘rtasida aloqa qilish imkoni.

«Ikki do‘st bir-birining barcha matnli xabarlari, elektron pochta, videoroliklar va fotosuratlarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi», — deb qayd etiladi Apple matbuot xizmati xabarida.

Yangi dasturni AppStore'da yuklab olish mumkin yoki «olma» gadjyetlarining kamerasida avtomatik qo‘shilish orqali ishga tushadi. Kompaniya xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda videoroliklar instagramdagi kabi to‘rtburchak shaklda bo‘ladi.

Hozircha nomi ma'lum bo‘lmagan dasturni ishlab chiqarish jarayonida Final Cut Pro va iMovie kabi dasturlar ishlab chiqargan jamoa ishtirok etmoqda.

Yangi dastur 2017 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid