Putin: Rossiya hududlarini sotmaydi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bloomberg agentligiga bergan intervyusida Kuril orollari bilan bog‘liq hududiy tortishuvlarni izohlab, Rossiya «hududlarini sotmasligi» bildirdi.
«Garchi Yaponiya bilan tinchlik shartnomasiga erishish muhim bo‘lsa-da, biz hududlarimizni sotmaymiz. Biz yapon hamkasblarimiz bilan bu muammoning yechimini topishni juda ham istardik», — deya Putin so‘zlarini keltirgan Kreml sayti.
U, shuningdek, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan Vladivostokda o‘tkazadigan uchrashuvida Kuril masalasini muhokama qilishini bildirdi.
Uning ta'kidlashicha, rasmiy Moskva bu muammoni hal etishni xohlaydi.
«Agar biz Yaponiya bilan Xitoy kabi o‘zaro oliy darajadagi ishonchga erishsak, qandaydir kelishuvga erisha olamiz», — degan Putin agentlikka.
Bugungi kunda, Rossiya va Yaponiya o‘rtasida tinchlik shartnomasi mavjud emas. Rasmiy Tokio Kuril orollaridagi Iturup, Kunashir, Shikotan va Xabomai orollariga da'vogarlik qiladi. U, 1855-yildagi ikki tomonlama savdo va chegaralar bitimini asos qilmoqda. Moskva qarashiga ko‘ra, janubiy Kuril orollari Ikkinchi jahon urushidan keyin SSSR tarkibiga kirgan. Shunga muvofiq, Rossiyaning egaligi borasida xalqaro huquq doirasida hech qanday shubha yo‘q.
Mavzuga oid
17:26
Osiyodagi eng katta kruiz layneri Yaponiyada buzilib qoldi
18:00 / 06.11.2024
Yaponiyada Toyota’ning birinchi uchar taksisi namoyish etildi
17:14 / 05.11.2024
Yaponiya dunyoda birinchi bo‘lib yog‘och sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi
22:37 / 04.11.2024