Jahon | 11:47 / 02.09.2016
6683
1 daqiqa o‘qiladi

JSST: Dunyoning 72 mamlakatida Zika virusi qayd etildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Zika virusiga chalinish holatlari dunyoning 72 mamlakatida qayd etilayotganini ta'kidladi.

"2007 yildan buyon 72 mamlakat chivinlar tomonidan yuquvchi Zika virusi qayd etilgani haqida xabar berdi", - deyiladi JSSTning axborotida. 
 
Manbaga ko‘ra, 69 davlatda bu virus 2015 va 2016 yillarda qayd etilgan. 
 
So‘nggi haftada Zika virusi bilan kasallanish holatlari ilk marta Britaniyaning Virgin orollarida ham qayd etildi. Biroq o‘tgan 7 kun ichida chaqaloqlarda Zika bilan bog‘liq mikrotsefaliya va markaziy asab tizimi rivojlanishidagi boshqa nuqsonlar aniqlanmagan. 
 
Zika bezgagi - insonlarga chivinlar orqali o‘tadigan maymunlarning o‘tkir infeksion kasalligi. Virus homilador ayollar uchun o‘ta xavfli, zero uni yuqtirgan ayollarning tug‘ilajak farzandlari tug‘ma mikrotsefaliya bilan dunyoga keladi. 

Mavzuga oid