Jamiyat | 12:11 / 08.09.2016
37083
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyliklar dunyodagi eng sohibjamol tansoqchini aniqlab olishdi

XXR xalq ozodlik armiyasi harbiy xizmatchisi Shu Sin G20 sammitida omma e'tiborini o‘ziga tortdi.

Harbiy qiz Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi avtomobilini qo‘riqlayotgan vaqtda, reportyorlar diqqatini tortgan. Shundan so‘ng, mazkur suratlar Xitoyning milliy Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilingach, foydalanuvchilar Shu Sinning go‘zalligini e'tirof etishgan va uni dunyodagi eng sohibjamol tansoqchi deya atashgan. 

Xususan, suratlarga qoldirilgan izohlarda, harbiy ayolga uylanish ustunliklari haqida ham turli fikrlar bildirilgan. 

Daily Mail nashrining yozishicha, Shu Sin 2013 yilda Xitoy armiyasidagi eng chiroyli qizlardan biri deb topilgan. 
 

Mavzuga oid