Jamiyat | 11:36 / 25.09.2016
5715
2 daqiqa o‘qiladi

San-Sebastyan kinofestivali g‘oliblari nomlari ma'lum bo‘ldi

San-Sebastyanda (Ispaniya, basklar mamlakati avtonom viloyati) 64-xalqaro kinofestival g‘oliblari taqdirlandi. Bosh mukofot xitoylik rejissyor Fen Syaoganning «Men madam Bovari emasman» filmi  uchun «Oltin chig‘anoq» mukofoti topshirildi. Bu haqda Variety xabar tarqatgan.

«Kumush chig‘anoq» esa ushbu filmda bosh qahramonni ijro etgan aktrisa Fan Binbinga "eng yaxshi ayol roli" uchun berildi. 

"Eng yaxshi erkak roli" uchun mukofot esa Fransisko Paesning «Ming yuzli erkak» filmida bosh qahramonni ijro etgan Eduard Fernandesga topshirildi.

Janubiy koreyalik rejissyor Xon San Su esa «Sen va senikilar» filmi uchun taqdirlandi. 

Ispaniyadagi kinofestivalda Rodrigo Sorogoyyenu va Isabel Pene «Bizni xudo kechirsin» filmi ssenariysi uchun eng yaxshi ssenariynavislar sifatida mukofotlandi.

Hakamlarning maxsus mukofoti ikki kartina uchun berildi — «Qish» va «Gigant».

San-Sebastyandagi xalqaro kinofestival 1953 yildan beri o‘tkazib kelinadi va Yevropadagi eng nufuzli anjumanlardan biri hisoblanadi (Kann, Berlin va Venetsiya kinofestivallari qatorida). 

Mavzuga oid