Jamiyat | 17:34 / 02.10.2016
15175
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda terminal o‘rnatilgan avtobuslar paydo bo‘ldi

Samarqand shahrida terminal o‘rnatilgan yo‘lovchi avtobuslari paydo bo‘ldi. Bu haqda Facebook’da e'lon qilingan shunday avtobuslarning suratlari asosida carzone.uz xabar bergan.

Terminallar qachondan, qaysi yo‘nalishlarda qatnovchi avtobuslarga o‘rnatilgani, mazkur yangilik nechta avtobusni qamrab olgani haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Aksariyat Facebook foydalanuvchilari mazkur yangilikni xursandchilik bilan qarshi olgan, “bozorlarda ham terminallar joriy etilsa yaxshi bo‘lardi”, degan fikrlarni bildirgan.

Surat e'lon qilingan Facebook’dagi sahifalarning birida bu amaliyot asosan Samarqanddan tumanlarga qatnaydigan avtobuslarda joriy etilgani, shahar ichida harakatlanuvchi avtobuslarda nafaqat naqd pul, balki jyetonlar yordamida ham hisob-kitob qilish mumkinligi yozilgan.

Ma'lumot uchun, 2016 yilning 1 mayidan boshlab, Samarqand avtobuslarida yo‘l haqi vositalaridan biri sifatida plastik kartochkalarga xarid qilinadigan jyetonlar joriy etildi. Samarqand avtobuslarida yo‘l haqi 2016 yil 20 iyundan 900 so‘m etib belgilangan.

Mavzuga oid