Fan-texnika | 23:29 / 04.10.2016
6628
2 daqiqa o‘qiladi

Android smartfonlarda quloqchinlar uchun teshiklar olib tashlanmoqda

USB Implementers Forum xalqaro tashkiloti USB Type-C porti orqali ovoz chiqaruvchi yangi standartni sertifikatladi. Yangilik kiritishdan asosiy maqsad odatiy 3,5 millimetrli audioteshikdan butunlay voz kechishdir, deb xabar beradi AnandTech.

USB Audio Device Class 3.0 standarti USB Type-C portidan audioqurilmalarni yoqish uchun foydalanishga imkon beradi. Bundan tashqari, endilikda quloqchinlar va akustik tizimi ishlab chiqaruvchilar smartfon, planshet va kompyuterlarda istalgan USB-C teshiklariga mos keluvchi mahsulotlarni yaratishi mumkin. Texnik xususiyatlar portni ham analogli, ham raqamli ovozlar uchun ishlatsa bo‘ladi.

USB Type-C ko‘plab avvalgi Android-flagmanlarda quvvatlash uchun ishlatiladi, shu sababli tahlilchilar fikricha, yangi standart tufayli ishlab chiqaruvchilar 2017 yilning o‘zida quloqchinlar uchun eskirgan portdan halos bo‘lishadi. Qayd etilishicha, shu tufayli ular zamonaviy qurilmalarning qalinligini bir millimetrga kichraytirishga, shuningdek, korpus ichida bo‘sh joy qoldirishga muvaffaq bo‘lishadi. 

Quloqchinlar uchun teshikdan ozod bo‘lgan smartfonlardan biri iPhone 7 bo‘ldi.
 

Mavzuga oid