Jamiyat | 18:05 / 06.10.2016
82502
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng qimmat 100 brendi nomlari e'lon qilindi (axborot grafikasi)

Dunyoning eng qimmat 100 brendi reytingi har yili yangilanadi, bu yil ham ro‘yxat cho‘qqisidan texno-gigantlar o‘rin oldi. Bu haqida interbrand.com'da ma'lum qildi. 

Apple, Google va Coca-Cola brendlari to‘rtinchi yil ketma-ket dunyoning eng qimmat brendlari nomiga sazovor bo‘lishdi. 

Manbaga ko‘ra, bir yil ichida Apple brendining bahosi 5 foizga o‘sgan - 179,1 milliard dollar. 

Google ham 11 foizga qimmatlashgan, uning joriy yildagi narxi 133,3 milliard dollarni tashkil qildi. 

Yetakchilar uchligiga yakun yasovchi Coca-Cola o‘tgan yilga nisbatan 7 foizga arzonlashgan - 73,1 milliard dollar. 

Brendlar orasida eng katta farq bilan oldinga ildamlagan Facebook bir yilda 48 foizga qimmatlashgan va 15 o‘rindan joy olgan. 

Shuningdek eng qimmat brendlar o‘nligida Microsoft (4-o‘rin), Samsung (7), Amazon (8) texnologik kompaniyalari, shuningdek avtobrendlar Toyota (5-o‘rin), Mercedes (9), General Electric (10) nomlari qayd etilgan. 

Qolgan o‘rinlarni qaysi kompaniyalar egallaganini matnga ilova qilingan axborot grafikasidan bilib olishingiz mumkin. 

Mavzuga oid