Sport | 17:46 / 12.10.2016
5757
1 daqiqa o‘qiladi

“Tashkent Challenger – 2016”: Denis Istomin chorak finalda

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida davom etayotgan “Tashkent Challenger – 2016” an'anaviy xalqaro turnirida Denis Istomin chorak finalga chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yakkaliklar o‘rtasidagi bahslarda qatnashayotgan tajribali tennischimiz chorak final yo‘llanmasi uchun ukrainalik Denis Molchanovga qarshi kortga chiqdi. Dastlabki setda D.Istomin raqibiga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Lekin irodali o‘yin, g‘alabaga bo‘lgan kuchli intilishini namoyish etgan tennischimiz keyingi setlarni 6:3, 6:2 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Denis Istomin chorak finalda xorvatiyalik Ivan Dodig bilan kuch sinashadi.

Mavzuga oid